tg-me.com/javokhir_toshpulatov/544
Last Update:
Savollar orqali tasdiqlatish
11-sinf o’quvchim bilan bo’lgan suhbat.
U: Ustoz uy ishi biroz ko’proq berar ekansiz.
Men: Bitta fanni 1 yilda o’rganish uchun kuniga qancha vaqtdan shug’ullansa yetarli deb o’ylaysiz.
U: 3.5–4 soatdan
Men: Maktabda qancha vaqt darsimiz bor
U: Har kuni 45 daqiqadan 2 ta.
Men: Demak 90 daqiqa, ya’ni 1.5 soat maktabda qilyapsiz. Uyda esa 2.5–3 soat qilishga to’g’ri kelar ekan.
Yana men: Berayotgan vazifamni qilish uchun qancha vaqt sarflayapsiz.
U: 1 soat atrofida.
Men: O’zingiz belgilagan vaqtdan ham kamroq sarflash orqali ulgursa bo’ladigan vazifa berayotgan ekanman.
Yana men: Inson nafsiga yoqmaydigan ishlarni qilar ekan, garchi u foydali bo’lsa ham vaqt sekin o’tadi. Ko’pdek tuyuladi. Hisoblansa esa unaqa emas.
Munosabat haqida yaxshiroq tushuntirishim uchun suhbatni to’liq yozishim kerak bo’lar ekan. Bundan keyin shu shaklda ham tez-tez yozib tursammikan, nima deysizlar?
@javokhir_toshpulatov
BY Javokhir Toshpulatov | Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/javokhir_toshpulatov/544